Uzcard Moment - "O‘zmilliybank" AJ dan naqd pulsiz to‘lovlarga tez o‘tish
2026-yil 1-apreldan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-dekabrdagi № PQ-246-sonli “Naqdsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni kuchga kiradi.
Farmonga ko‘ra, quyidagi tovar va xizmatlarni sotib olishda naqd pul bilan to‘lash taqiqlanadi:
avtomobil yoqilg‘i quyish shoxobchalarida (AYoQSh) neft mahsulotlari va elektromobillarni zaryad qilish;
spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlari;
qiymati 25 million so‘mdan ortiq tovar va xizmatlar (qishloq xo‘jaligi mahsulotlaridan tashqari).
Endi yoqilg‘i quyish shoxobchalarida, spirtli ichimlik va sigaret do‘konlarida, dorixonalar va boshqa savdo nuqtalarida to‘lov uchun bank kartasi talab qilinadi.
Agar sizda hali bank kartasi bo‘lmasa, nima qilish kerak?
"O‘zmilliybank" AJ oddiy va tez yechimni taklif etadi. Bu Uzcard Moment.
Bu bir zumda chiqariladigan oldindan tayyorlangan karta bo‘lib, uni joyida hamkorlarimizdan olish mumkin: avtomobil yoqilg‘i quyish shoxobchalarida, dorixonalar, do‘konlar va boshqa qulay joylarda.
Uzcard Moment nima uchun kerak?
U bank filialiga bormasdan tezda naqd pulsiz to‘lovlarga o‘tmoqchi bo‘lganlar uchun maxsus yaratilgan. Hamkordan kartani oldingiz — ilovada faollashtirdingiz — to‘ldirdingiz — va darhol to‘lov, pul o‘tkazish va naqd pul yechish uchun foydalaning.
Moment-kartani qanday olish va faollashtirish mumkin:
1. Bank hamkoridan kartani oling (AYoQSh va boshqa nuqtalar).
2. Milliy 2.0 ilovasini o‘rnating.
3. Identifikatsiyadan o‘ting (shu jumladan Face ID orqali).
4. “Barcha kartalar” → “Karta qo‘shish” bo‘limida karta raqami, amal qilish muddati va PIN-kodni kiriting.
5. Kartani bankomat, info-kiosk yoki ilova orqali to‘ldiring.
Tayyor! Karta faol va to‘liq foydalanishga tayyor.
Moment-karta — bu:
Tez — karta joyida bir necha daqiqada beriladi.
Qulay — Uzcard qabul qilinadigan barcha joylarda ishlaydi.
Foydali — qonun talablariga osongina rioya qilishga yordam beradi va mamlakatning naqd pulsiz iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlaydi.
"O‘zmilliybank" AJ o‘z hamkorlari bilan birgalikda naqd pulsiz hisob-kitoblarga o‘tishni har bir fuqaro uchun imkon qadar sodda va qulay qilmoqda.
Uzcard Momentni bugunoq oling va 2026-yil 1-apreldan boshlanadigan yangi to‘lov qoidalariga tayyor bo‘ling!