Eskrou hisobvarag‘i

Yangi xavfsiz hisob-kitob tartibi

Koʻchmas mulk va transport vositalarining oldi-sotdisini Eskrou hisobvaragʻi orqali amalga oshirish shartlari


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-dekabrdagi  “Naqdsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-246-son Farmoniga asosan 2026-yil 1-apreldan koʻchmas mulk obyektlari va ishlab chiqarilganiga oʻn yildan oshmagan M (yoʻlovchi tashish), N (yuk tashish), O (tirkamalar) va G (yoʻltanlamas) toifaga kiruvchi transport vositalari hamda mahsus avtotransport vositalarini sotish va sotib olishning yangi tartibi belgilandi.

Koʻchmas mulk va transport vositalarining oldi-sotdi shartnomalari boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshirish Adliya vazirligida 2026-yil 16- martdagi “Koʻchmas mulk va transport vositalarining oldi-sotdi shartnomalari boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun notariuslar va banklar oʻrtasida elektron maʼlumotlar almashish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomiga asosan quyidagi sxema asosida ishlaydi:

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Xaridor yoki uning vakili

Bankka yozma yoki elektron shakldagi ariza bilan murojaat qiladi

O‘z xohishiga koʻra

2-bosqich

Bank

1.Eskrou hisobvarag‘i shartnomasi asosida eskrou hisobvaragini ochadi

Eskrou hisobvarag‘i shartnomasi tuzilgan kunda

2.Taraflar ortasida kelishilgan pul mablag‘lari kirim qilinadi

Tegishli pul mablag‘lari kirim qilingan vaqtda

3-bosqich

Xaridor va sotuvchi yoki ularning vakili

Oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtirish uchun notariusga murojaat qiladi.

Tegishli hujjatlarni notariusga taqdim qilish

O‘z xohishiga koʻra

4-bosqich

Notarius

Tegishli bankka eskrou hisobvarag‘ida mablag‘lar mavjudligi bo‘yicha elektron so‘rov yuboradi

Shartnomani tasdiqlashdan oldin

Tegishli ma’lumotlarni oladi

Real vaqt rejimida

Oldi-sotdi shartnoma tasdiqlanganligi bo‘yicha Notarius avtomatlashtiril-gan axborot tizimi orqali bankka ma’lumot taqdim etadi

Real vaqt rejimida

5-bosqich

Bank

Eskrou hisobvarag‘idagi mablag‘larni sotuvchi yoki uning vakilining hisobvarag‘iga o‘tkazadi hamda uning so‘roviga ko‘ra hisobvarag‘iga kirim qilingan pul mablag‘larini naqd shaklda taqdim etadi

Bankka shartnomani tasdiqlanganligi bo‘yicha ma’lumot kelib tushgan bank ish kunida (ma’lumot ish kuni tugaganidan keyin kelib tushsa, keyingi ish kunida)


Ushbu yangi tartib uy-joy qurilishiga investitsiya kiritish shartnomalari asosida rasmiylashtiriladigan oldi-sotdi shartnomalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Shartnoma to‘lov majburiyatlarini kechiktirish sharti bilan amalga oshirilsa, xaridor yoki uning vakili tomonidan tegishli eskrou hisobvarag‘iga taraflar o‘rtasida kelishilgan (boshlang‘ich) pul mablag‘lari kirim qilinadi.

Oldi-sotdi shartnomasi to‘liq yoki qisman kredit mablag‘lari asosida moliyalashtirilganda, bu haqda kredit ajratayotgan bank tomonidan notariusga elektron ma’lumot taqdim etiladi va kredit mablag‘lari shartnoma tasdiqlanganligi boʻyicha elektron maʼlumot olingandan soʻng, sotuvchining yoki uning vakilining hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.

Eskrou hisobvaraq bilan bogʻliq xizmatlar boʻyicha xaridordan:

  • koʻchmas mulk uchun BXMning 50%

  • avtotransport vositalari uchun BXMning 25% miqdorda xizmat haqi undiriladi

Oldi-sotdi shartnoma tasdiqlanmagan hamda notariuslar tomonidan bankning elektron tizimlariga maʼlumotlar yuborilmagan bo‘lsa, xaridor yoki uning vakilining so‘roviga asosan tegishli eskrou hisobvarag‘idagi pul mablag‘lari qaytarib beriladi va buning uchun xizmat haqi olinmaydi.

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

onlayn

Xabar yuborildi

Qaytish bo\'shliqlar ro'yhatiga



Javob foydali bo'lsa, xursand bo'lamiz!

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU