O‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasi
Markaziy Osiyoning yirik madaniy, ko‘rgazma va tadqiqot markazi
Galereya haqida
San’at kolleksiyalari
O‘zbekiston Milliy bankining rangtasvir, grafika va haykaltaroshlik kolleksiyasi O‘zbekiston tasviriy san’atining boshlanishidan hozirgi kungacha bo‘lgan taraqqiyotini aks ettiradi.
Ko‘rgazmalar
Dastlabki yillardan boshlab Galereya o‘z faoliyatining ikkita asosiy yo‘nalishini belgilab oldi:
milliy san’atni ommalashtirish
keng auditoriyani chet el san’ati bilan tanishtirish
Galereya muntazam ravishda davlat bayramlari, jumladan, Navro‘z va Mustaqillik kuniga bag‘ishlangan ko‘rgazmalar tashkil etadi.
Uning zallarida turli mamlakatlar rassomlarini birlashtirgan xalqaro badiiy loyihalar va Biennalelar o‘tkaziladi.
Ko‘rgazmalar arxivi:
?
"CTRL+ART" ёшлар кўргазмаси
|
|
CTRL+ART ёшлар кўргазмаси Ўзбекистон Тасвирий санъат галереяси томонидан ҳар йили Ёшлар кунига бағишлаб ўтказиладиган замонавий маданий лойиҳа бўлиб, ёш рассомларни қўллаб-қувватлаш, уларга ўз ижодини намоён этиш ва жамоатчилик билан мулоқот қилиш имконини яратади.
Рақамли давр, урбанизация, клипли тафаккур ва… бўёқли холстлар. Агар булар бир маконда бирлашса, нима юз беради? Ана шу кесишув нуқтасида CTRL+ART — анъанавий санъат янги воқелик билан тўқнашиб, янги шакл ва мазмун касб этадиган ҳудуд сифатида намоён бўлади.
Кўргазмада иштирокчилар рақамли муҳит таъсири, шаҳар маданияти ва тезкор ахборот оқими шароитида инсон тафаккуридаги ўзгаришларни тадқиқ этадилар. Классик тасвирий воситалар замонавий ғоялар билан уйғунлашиб, янги визуал ифода шаклларини яратади.
Лойиҳа ёш рассомларнинг ижодий изланишларини бирлаштириб, уларнинг шахсий қарашлари, ички кечинмалари ва ижтимоий позициясини намоён этади. Ёш муаллифлар турли техника ва материаллар билан эркин тажриба қилиб, ўз дунёқарашини ифода этадилар.
Кўргазмада С. Эркинов, Д. Тухтакулов, А. Григорянц, Р. Алимова, Т. Лашенов, Й. Саттаров, К. Хазраткулов, Т. Бисмахова каби 60 га яқин ёш рассомларнинг 300 га яқин асарлари намойиш этилган.
Барча санъат ихлосмандларини кўргазмага ташриф буюриб, янги авлод рассомлари ижоди билан яқиндан танишишга таклиф этамиз.
CTRL+ART янги авлод санъатининг импульси. Кўргазма 2026 йил 25 июлига қадар давом этади.
«After Us» ko‘rgazma loyihasi
|
|
«5+1» guruhi zamonaviy davrning eng dolzarb muammolardan biri: ekologik muammolar va inson va atrof-muhit o‘rtasidagi munosabatlarga bag‘ishlangan «After Us» ko‘rgazma loyihasini taqdim etadi.
Ko‘rgazma nomi tomoshabinni kelajak haqida o‘ylashga chorlaydi: bizdan keyin qanday dunyo qoladi? Kelajak avlodlarga nimalar meros bo‘lib o‘tadi va insoniyat tabiatga aralashuvi uchun bugun qanday bаdаl to‘lamoqda?
Ekspozitsiyada ekologik muammolar mavzusida yaratilgan, biroq uni turli badiiy shakllar va mualliflik yondashuvlari orqali talqin etuvchi asarlar namoyish etiladi.
Ko'rgazma ishtirokchilari: Diyor Razikov, Sanjar Jabborov, Sharifa Sharafxo'jaeva, Doniyor Sharafxo'jaev, Nuriddin Rasulov
"Bolalik sayyorasi" bolalar rasmi ko‘rgazmasi
|
|
|
|
О‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasida 2026-yil 1-iyun kuni Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan "Bolalik sayyorasi" bolalar rasmi ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Shuningdek "O‘zbekiston pochtasi" AJ, O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi va O‘zbekiston Badiiy akademiyasi hamkorligida tashkil etilgan "Dunyo bolalar nigohida" maxsus pochta markalari taqdimoti va maxsus xotira shtempeli bilan so‘ndirilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ko‘rgazma bolalar iste’dodi, ilhomi va cheksiz tasavvurining haqiqiy bayramiga aylandi.
Pastel texnikasiga bag‘ishlangan “PASTELLO-IV” ko‘rgazmasi
|
|
2026-yil 7-may kuni O‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasida tasviriy san’atning eng nafis va ifodali yo‘nalishlaridan biri — pastel texnikasiga bag‘ishlangan “PASTELLO-IV” ko‘rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu ko‘rgazma zamonaviy o‘zbek rassomlarining 40 nafarini hamda ularning turli janr va mualliflik uslublarida yaratilgan asarlarini bir joyga jamladi. Pastel san’ati o‘zining baxmalsimon fakturasi, mayin chiziqlari va ranglarning chuqur jilosi bilan boshqa texnikalardan ajralib turadi. Ko‘rgazmada R. Ahmadov, Sh. Baybulatov, E. Jaldasov, D. Axunbabayev, V. Kim, O. Zalevskaya, V. Yenin, G. Li, T. Li, A. Mirzayev, X. Jalilov, N. Osipova va A. Dubinin kabi mahoratli ijodkorlarning asarlari o‘rin olgan.
TURKSOY yosh rassomlarining xalqaro ko‘rgazmasi "Turkiy dunyo: yagona ruh, rang-baranglik"
| Ushbu nufuzli madaniy tadbir turkiy xalqlarning boy tarixi, umumiy madaniy merosi va zamonaviy san'atdagi yangi izlanishlarini bir makonda jamladi. Ko'rgazma turli mamlakatlardan tashrif buyurgan yosh va iqtidorli rassomlarni birlashtirib, ijodiy muloqot va tajriba almashish uchun o'ziga xos maydon yaratmoqda. Ko'rgazma ishtirokchilari orasida Jayxun Murshudov, Billyura Alakbarli (Ozarbayjon), Akmaral Kajibek, Asqar Nurbolat (Qozog'iston), Olga Suncheleeva, Tolobek Sheyshenaliev (Qirg'iziston), Mehmet O'zkartal, Mina Sevinch (Turkiya), Ali Sidikov, Gurban Babatajov (Turkmaniston) Kamoliddin Xazratkulov, Malika Yunusova, Tamilla Bismaxova, Zuxriddin Kiyomov, Xojiakbar Nazirov, Dilbek Tuxtakulov, Almas Yakubov,Isomiddin Eshonkulov, Nigina Mirzadjanova, Farid Sattarov, EKUB Beknazarov va Sardor Erkinov (Uzbekiston) kabi rassomlar bor. Ularning asarlari orqali turkiy xalqlarning umumiy ruhi, madaniy yaqinligi va rang-barang badiiy tafakkuri yorqin aks ettirilgan. |
Rassom Hikmat Jalilovning "Yillar osha nigoh" nomli yubiley ko'rgazmasi
| Mazkur ekspozisiya ustozning ko'p yillik ijodiy yo'lining yorqin ifodasidir. Hikmat Jalilov nafaqat iste'dodli rassom, balki butun umrini yosh ijodkorlar tarbiyasiga bag'ishlagan fidoiy pedagogdir. Uning asarlari tabiat, vaqt va xotira bilan olib borilgan o'ziga xos muloqot bo'lib, boy ranglar uyg'unligi va noyob badiiy tafakkur orqali namoyon bo'ladi. Ko'rgazmada manzara, natyurmort va portret janrlarida yaratilgan asarlar namoyish etilgan bo'lib, ular orqali tomoshabin o'zbek tabiatining nafosati, nur va havo muhiti hamda ichki xotirjamlikni his qilishi mumkin. |
Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan xalq amaliy san’ati ustalarining “Mahoratdan kamolot sari” nomli ko‘rgazmasi
| 2026-yil 18-mart kuni O‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasida “Hunarmand” uyushmasi ko‘magida Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan xalq amaliy san’ati ustalarining “Mahoratdan kamolot sari” nomli ko‘rgazmasi ochildi. Ushbu ko‘rgazma O‘zbekiston an’anaviy amaliy san’atining eng sara ustalarini bir joyga jamladi. Taqdim etilgan asarlar yuksak ijro mahorati, san’at qonuniyatlarini teran anglash va an’analar doirasida rivojlanish qobiliyatini namoyish etadi. Ko‘rgazmada 30 dan ortiq taniqli xalq ustalari hamda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademiklarining asarlari o‘rin olgan. Ular orasida Akbar Rahimov, Mirzabahrom Abduvahobov, Alisher Nazirov, Ismoil Komilov, Nurmuhammad Valiyev, Rasuljon Mirzaahmedov, No’mon Obloqulov, Abdullo Narzullayev, Sirojiddin Rahmatullayev, Ahmad Arabov, Baxshillo Jumayev, Abduvohid Karimov, Sharif Raupov va boshqa ko‘plab mohir ijodkorlar bor. |
Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan “Parvozga intilgan qalb” nomli ko‘rgazmasi
| 2026-yil 5-mart kuni O‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan “Parvozga intilgan qalb” nomli ko‘rgazmaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ko‘rgazma turli avlod va yo‘nalish vakillarini yagona g‘oya — “ijodiy parvoz” atrofida birlashtiradi. Parvoz ramzi badiiy tafakkurning yuksalishini, ma’naviy ufqlarga intilishni va yangi umidlar muhitini ifodalaydi. Konsepsiya markazida ayol-rassomning intellektual va falsafiy qarashlari turadi, buning natijasida har bir asar shaxsiy mulohazalar va ijodiy izlanishlarning badiiy ijodiga aylanadi. “Parvozga shaylangan qalb” ko‘rgazmasi ayol mualliflar badiiy olamining ko‘p qirraliligini, ularning individual izlanishlarini va umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg‘unligini ochib beruvchi muhim madaniy voqeadir. Ekspozitsiyada 100 dan ortiq asar taqdim etilgan bo‘lib, ular tomoshabinni bahoriy nafosat, ilhom va nozik estetika olamiga yetaklaydi. |
Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligiga (1441–1501) bag‘ishlangan ko‘rgazmasi
| 2026-yil 5-fevral kuni O‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasida buyuk o‘zbek shoiri Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligiga (1441–1501) bag‘ishlangan ko‘rgazmaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Taniqli rassom, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi Nikolay Sergeyevich Shin qalamiga mansub 39 ta grafika va rangtasvir asarlari ko‘rgazmadan o‘rin olgan. Nikolay Shin o‘z ijodi bilan O‘zbekiston tasviriy san’atiga ulkan hissa qo‘shgan. U O‘zbekiston madaniyatini o‘zining ma’naviy vatani deb bilgan ko‘pmillatli rassomlar san’atining yirik namoyandalaridan biridir. Rassom asarlarida buyuk o‘zbek shoiri, mutafakkir va davlat arbobi Alisher Navoiy siymosini hamda u yaratgan qahramonlar ro‘llarini aks ettirishi buning yaqqol isbotidir. |
“O‘zbekiston miniatyura san’ati: hikmatlar jilosi” nomli kitobning taqdimoti
| 2026-yil 30-yanvar kuni O‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasida o‘zbek miniatyura san’atining noyob an’analari va uning zamonaviy talqiniga bag‘ishlangan “O‘zbekiston miniatyura san’ati: hikmatlar jilosi” nomli keng ko‘lamli, rasmlarga boy kitobning taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Ushbu nashr nafis chiziqlar va murakkab ramzlar ortida yashiringan teran ma’nolarni ochib beradi. Kitobda nafaqat zamonaviy o‘zbek miniatyurasining eng sara namunalari taqdim etilgan, balki o‘quvchiga har bir asar zamiridagi syujetlar, falsafa va ko‘p qatlamli rivoyatlarni tushunish uchun qulay bo‘lgan ma’lumotlar berilgan. Kitob muallifi Rolando Montekalvo - AQSH, Hindiston, Tailand, Turkiya, Shveytsariya, Kambodja va O‘zbekistonda xalqaro ish tajribasiga ega bo‘lgan yozuvchi va muharrirdir. Berkli universitetining qiyosiy adabiyotshunoslik sohasida PhD darajasiga ega bo‘lgan ushbu mutaxassis, avvalroq Oxford University Press, Penguin Books va bir qator mustaqil nashriyotlar bilan hamkorlik qilgan. |
O‘zbekiston xalq rassomi, Badiiy akademiya akademigi Fayzulla Ahmadaliyevning ko‘rgazmasi
| 2025-yil 26-dekabr kuni O‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasida zamonaviy o‘zbek san’atining o‘ziga xos va falsafiy mushohada yurituvchi rassomlaridan biri, O‘zbekiston xalq rassomi, Badiiy akademiya akademigi Fayzulla Ahmadaliyevning ko‘rgazmasi ochildi. Fayzulla Ahmadaliyev insonning ichki dunyosiga qaratilgan noyob badiiy asarlar yaratgan bo‘lib, bu dunyo sharqona an’analarda borliqning asosi sifatida qabul qilinadi. Uning rangtasviri - bu ma’naviy o‘zlikni anglash yo‘lidir; unda shakl, rang, mato fakturasi va ashyolar tuzilishi ma’no, xotira va hissiy teranlik tashuvchisiga aylanadi. Rassom san’atni ma’naviy kamolot va ichki mushohada sari uzluksiz harakat — «Yo‘l» sifatida talqin etadi. Ko‘rgazmada so‘nggi besh yil ichida yaratilgan 80 dan ortiq asar taqdim etilgan bo‘lib, ular muallifning badiiy ijodidagi evolyutsiyasini yaqqol namoyish etadi. |
Xalqaro hamkorlik
Goethe-Institut
Britaniya Kengashi
Fransuz instituti
















