Bosh sahifa
/
Yangiliklar
/
“facebook.com” tarmog‘ida e’lon qilingan postga “O...

“facebook.com” tarmog‘ida e’lon qilingan postga “O‘zmilliybank” AJning rasmiy munosabati

30.07.2026

Tijorat banklarida davlat tilida ish yuritish jarayoniga befarq bo‘lmaganingiz va bildirgan qat’iy fuqarolik munosabatingiz uchun Sizga minnatdorchilik bildiramiz.
Siz tomondan ko‘tarilgan masala bo‘yicha shuni ma’lum qilamizki, “O‘zmilliybank” AJ tomonidan mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish bilan birga, davlat tili me’yorlariga qat’iy rioya etilishi bankning mas’ul shaxslari tomonidan alohida nazoratga olingan. Amaldagi qonunchilikka muvofiq “O‘zmilliybank” AJ tizimida barcha ichki hujjatlar, mijozlar bilan tuziladigan shartnomalar, ariza blankalari va ma’lumotnomalar to‘liq lotin yozuviga asoslangan o‘zbek tiliga o‘tkazilgan.
Murojaatingizda aks etgan axborot lavhasi ikki tomonlama ko‘rinishda tayyorlangan bo‘lib, uning bir tomonida ma’lumot lotin yozuviga asoslangan o‘zbek tilida, ikkinchi tomonida esa rus tilida joylashtirilgan (tasdiqlovchi materiallar keltirilgan).
Shu bilan birga, “O‘zmilliybank” AJning barcha hududiy bank xizmatlari markazlari va bank xizmatlari ofislarida hujjatlar birinchi navbatda davlat tilida taqdim etilishi qat’iy ta’minlangan.
 

“O‘zmilliybank”  AJ
Matbuot xizmati

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

onlayn

Xabar yuborildi

Qaytish bo\'shliqlar ro'yhatiga



Javob foydali bo'lsa, xursand bo'lamiz!

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU