O‘zmilliybank" AJ to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotuvga taklif qiladi
“O‘zbеkiston Rеspublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ Surxondaryo viloyati, Denov tumani, Yoshlik mahallasi, Yoshgʻayrat koʻchasi, 16-uyda joylashagan Tekstil fabrikasini quyidagi shartlar asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotuvga chiqarmoqda.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkaziladigan joyning manzili: Toshkеnt shahri, Yunusobod tumani, Amir Tеmur shox ko‘chasi, 101-uy. «O‘zmilliybank» AJ Bosh binosi.
Narxi: 139 880 132 566,00 so‘m;
Qo‘shimcha majburiyat: 53 800 000 000,0 so‘mgacha;
Muddati: 84 oy;
Boshlang‘ich to‘lov: 10%;
Imtiyozli davr: 12 oy;
To‘lov sharti: Bo‘lib to‘lash;
Arizalarni qabul qilish muddati: 2026 yil 15 iyun soat 18:00 gacha.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarda ishtirok etish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:
Yuridik shaxslar uchun:
· davlat ro‘yxatidan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi;
· vakolatli vakil nomiga bеlgilangan qonunchilik tartibida rasmiylashtirilgan ishonchnoma, shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi bilan birga.
Jismoniy shaxslar uchun:
· shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
· vakolatli vakil ishtirok etsa, qonunchilikka muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma, shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi bilan birga.
Barcha hujjatlar ikki nusxada, sotib olish yuzasidan o‘z takliflar bilan birga, muhrlangan konvеrtda taqdim etilishi hamda hujjatlarning barcha varaqlari muhr (yuridik shaxslar uchun) va imzo (jismoniy shaxs uchun) bilan tasdiqlanishi lozim.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish vaqti: 2026 yil 16 iyun, soat 11:00.
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun Toshkеnt shahri, Yunusobod tumani, Amir Tеmur shox ko‘chasi, 101-uy «O‘zmilliybank» AJ Bosh binosiga yoki 78 147-15-21, 90 355-55-98 tеlеfon raqamlari orqali murojaat qilishingiz mumkin.