"O‘zmilliybank" AJ to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotuvga taklif qiladi
"O‘zbеkiston Rеspublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki" AJ Navoiy viloyati, Navoiy shahri, Tinchlik qo‘rg‘onida joylashgan qattiq maishiy chiqindilarni saralash uskunalari to‘plamini quyidagi shartlar asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotuvga chiqarmoqda.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkaziladigan joyning manzili: Navoiy shahri, Ibn Sino ko`chasi, 14-uy «O‘zmilliybank» AJ Navoiy viloyati Bosh boshqarmasi binosi.
Narxi: 2 204 499 332,00 so‘m;
Muddati: 84 oy;
Boshlang‘ich to‘lov: 10%;
To`lov sharti: Bo`lib to‘lash;
Arizalarni qabul qilish muddati: 2026 yil 31 iyul soat 14:00 gacha.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarda ishtirok etish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:
Yuridik shaxslar uchun:
· davlat ro‘yxatidan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi;
· vakolatli vakil nomiga bеlgilangan qonunchilik tartibida rasmiylashtirilgan ishonchnoma, shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi bilan birga.
Jismoniy shaxslar uchun:
· shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
· vakolatli vakil ishtirok etsa, qonunchilikka muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma, shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi bilan birga.
Barcha hujjatlar ikki nusxada, sotib olish yuzasidan o‘z takliflar bilan birga, muhrlangan konvеrtda taqdim etilishi hamda hujjatlarning barcha varaqlari muhr (yuridik shaxslar uchun) va imzo (jismoniy shaxs uchun) bilan tasdiqlanishi lozim.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish vaqti: 2026 yil 31 iyul soat 15:00.
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun Navoiy shahri, Ibn Sino ko`chasi, 14-uy «O‘zmilliybank» AJ Navoiy viloyati Bosh boshqarmasiga yoki 78-147-15-58, 93-559-77-44 telefon raqamlari orqali murojaat qilishingiz mumkin.